Saharimetriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saharimetriya (rus. sahar — qand, shakar va metr) — eritmadagi qand miqdorini aniqlash usuli. Eritmadan oʻtkazilgan yorugʻlik qutblanish tekisligining burilish burchagini oʻlchashga asoslangan. Maxsus asbob saharimetrdan foydalaniladi. Saharimetr, asosan, analizator va polyarizator kabi asboblardan iborat. Eritma solingan naycha shular orasiga qoʻyiladi. Burilish burchagini oʻlchash uchun analizatorning ikki (eritmali va eritmasiz) vaziyatlari farqini aniklash kerak. Eritmali naycha bilan analizator orasiga maxsus kompensator qoʻyiladi. S.da oʻlchash shartlari standartlashtiriladi, saharimetr shkalasi esa % larda darajalarga boʻlinadi. S. qand sanoati, biol. va tibbiyotda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil