Kontent qismiga oʻtish

Safo Ochil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Safo Ochil - (1942-2009) o‘zbek shoiri. Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida joylashgan Qo‘ng'irot ovulida tavallud topdi. U boshlang‘ich va to‘liqsiz o‘rta maktabni qishlog‘idagi ''Olg‘a'' hamda ''Oxunbobouev'' nomli maktablarda tugatib, o‘rta ta‘limni esa Bog‘ot tumanidagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1958-yil Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutining nemis tili fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1963-yilda muvaffaqiyatli tamomladi. So‘ng uzoq yillar davomida Xorazm davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri lavozimlarida faoliya ko‘rsatdi.

1974-yilda nemis poeziyasidan o‘zbek tiliga tarjima muammosi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.

Safo Ochil 1955-yilda she‘r yozishni mashq qila boshladi.

''Umidvor qushcha''

''Kamalak va sumalak''

''Burgut''

''Tinchlik haqida qo‘shiq''

''Osmonimiz tiniq bo‘lsin''

''Gullarim''

''O‘z tilim''

''Svetofor''

''Ko‘klam qo‘shig‘i''

''Qalb gulshani''

''Orzular ko‘kidagi shafaqlar''

''Inson ziynati - odobidir''

''Bir hovuch nur''

''Muborak kunlar''

''Mustaqillik ma‘naviyati va tarbiya asoslari''

''Qalditg‘och va beshiktervat haqida ertak''  

1999-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.