Safo Muhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Safo Muhamedov (1914.24.6 - Toshkent — 1990.19.3) — rangtasvir ustasi, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971). Toshkent rassomlik bilim yurtini (1938), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini (1960) tugatgan. 1940-yildan Respublika rassomlik bilim yurtida pedagog; Toshkent politexnika instituti (meʼmorlik fakulteti)da dotsent (1963), professor (1988), 1968-yildan kafedra mudiri. M. asarlarida mexnat axli va ziyolilar, ularning qiyofalari, mexnati va kayfiyatlari jonli hayotiy tasvirlangan: "Eski maktab" (1940), "Mehnat Qahramoni S. Nuriddinov" (1956); "Tunggi sugorish" (1963), "Professor R. Q. Islombekov" (1968), "Alisher Navoiyning sultan Husayn Boyqaro bilan soʻngti uchrashuvi" (1972) va boshqa M. rassomlik sanʼati va haykaltaroshlik sohasidan ilmiy asar, dastur, qoʻllanmalar va uslubiy tavsiyanomalar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil