Safo Aliqoriyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SAFO QORI ALIQORIEV (Hoji Muhammad Safo qori Aliqoriyev (1894 – y, mart oyi Toshkent, 1965 – yil, 1- fevral Toshkent))– qori,  mudarris va diniy ulamo.[1]

SAFO QORI ALIQORIEV
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1894 - y, mart oyi
Vafoti 1965 yil 1 fevral
Dini islom
Millati o'zbek
Tavallud shahri Toshkent
Hudud O'zbekiston
Kasbi qori, mudarris

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hoji Muhammad Safo qori Aliqoriev (Safo qori) 1894 yilning aprel oyida Toshkent shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi Ali qori mohir xattot, murattab qori boʻlgan. Toshkentdagi Eshonquli Dodhoh madrasasining bosh mudarrisi Isoxon aʼlamdan tahsil oladi. Oʻn ikki yoshida Qur’oni karimni toʻla yodlab, Sebzor dahasidagi jomeʼda yigirma chogʻliq qorilar va ulamolar oldida sinovdan oʻtadi. Shu majlisda ulamolar unga Toza qori nomini beradilar. Ularning tavsiyasi bilan Safo qori Mir Arab madrasasida oʻqishni davom ettiradi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

II Jahon urushi yillarida Safo qori el qatori front ortida mehnat qiladi. 1943 yilda diniy nazorat tuzilganida Safo qori Oliy hay’at aʼzosi va muhtasib etib tayinlanadi. Diniy nazorat tomonidan amalga oshirilgan diniy, ilmiy va maʼrifiy ishlarda uning xizmatlari samarali boʻlgan. Shu bois 1955 yilda sobiq Ittifoqdan haj ibodatini oʻtashga ruxsat etilgan qirq besh kishilik guruhga Safo qori Aliqoriev bosh qilib joʻnatiladi. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistoni podshosi Faysal ibn Abdulaziz oʻzi kutib olib, birga ibodatni oʻtadilar. Ushbu safar chogʻida Safo qori Saudiya Arabistoni va Misr radiolari uchun arab tilida intervyular beradi. Safar taassurotlari toʻgʻrisida Moskvada bosiladigan jurnallarida maqolalar chop etilgan.[2]

Safo qori diniy nazoratda ishlash barobarida Toshkentdagi „Moʻgʻulkoʻcha“ (hozirgi at-Termiziy) masjidida imom- xatiblik qilgan (1944-1946). Shuningdek, 1956-1961 yillarda Baroqxon madrasasida dars bergan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Safo qori Aliqoriev 1965 yil 1 fevral kuni olamdan oʻtgan. U Toshkentdagi Teshikqopqa qabristoniga, birinchi ustozi Isoxon aʼlamning yoniga dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O’zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari:, Toshkent viloyati va Toshkent shahri / Uchinchi kitob.. Toshkent, “Turon Zamin-Ziyo”, 2015 — 356 bet. ISBN 978-9943-335-74-5. 
  2. «O‘zbekiston ulamolari» Mas’ul muharrirlar: Usmonxon ALIMOV va Baxtiyor BOBOJONOV: . «Movarounnahr», 2015 — 496 bet. ISBN 978-9943-12-324-3.