Kontent qismiga oʻtish

Safi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Safi, Asfi — Marokashning gʻarbiy qismidagi shahar. Safi viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 262,3 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Atlantika okeani sohilidagi baliq ovlash va savdo porti (chetga fosforit, baliq konservalari, superfosfat chiqariladi). Transport yoʻli orqali Yusufiya, Marrokash va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. Jahonda yirik fosfor kislotasi i.ch. markazlaridan. Baliq konservalash, toʻqimachilik sanoati korxonalari, kema verfi bor. Baliq ovlanadi. Shaharga 11-asrda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil