Sadr (maʼnolari)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sadr (arabcha: الصدر — qalb, koʻkrak):

  • Sadr — musulmon mamlakatlarida turli mansabdor shaxslarning unvoni;
  • Sadr — motam odati. Maxsus kuy (usul) bilan ijro etilgan. Aksariyat yigit, kelinchak, voyaga yetgan qiz vafot etganda 1–7 kunlari „qirqi“gacha dam-badam oʻtkazilgan. Unga taʼziya uchun ayollar qatnashgan. Motamzadalar — marhumning yaqinlari oʻrtaga tushganlar va goh old-orqaga, goh ikki yonga sollanib taʼsirli iboralar aytib, marhumni eslaganlar. Massalan, er vafot etganda marhumning xotini erining doʻppisini kiyib, belbogʻini bogʻlab, yelkasigi choponini tashlagan holda oʻrtaga tushgan. Motamzadalar har bir bayt yoki iborani aytganda davradagilar ikki yonga sollanib "Huv! Huv!" degan ovoz chiqarib turganlar. Yigʻi soʻzlarini goʻyanda, baʼzi joylarda marhumning yaqinlari aytgan. S. oxirida marxum xotirasiga fotiha oʻqilgan;
  • Sadr — maʼlum doira usuli va unga mos cholgʻu kuylar nomi. „Shodiyona“ kuylar turkumining 5-qismi ham sadr deb ataladi. Maqomlar asosida yaratilgan Sadri Dugoh murakkab chapandoz doira usulida ijro etilib, Buzrukdagi Talqinchai Navroʻzi Sabo shoxobchasiga ohangdosh. Xorazmda mashhur dutor maqomlaridan biri esa Sadri Iroq deb ataladi;
  • Sadr — Zikrning eng joʻshga kelgan holat; jazava (gir aylanish, sakrash)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Sadr (maʼnolari) soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.