Saarinen Ero
Jump to navigation
Jump to search
SAARINEN (Saarinen) Ero (1910.20.8, Rantasalmi, Finlyandiya — 1961.1.7, AQSH) — amerikalik meʼmor, Eliyel Saarinenning oʻgʻli. 1923 yildan AQShda yashagan. NyuXeyven (Konnektikut shtati)dagi Yelsk universitetining meʼmorlik ftini tugatgan (1934). Otasining oʻlimidan soʻng Uorren (Michigan shtati)dagi "Jeneral motore" kompaniyasi texnik markazining loyihasini tugatgan (1948— 56, hamkorlikda). Asosiy loyihalari: Kembrijdagi Garvard universiteti kapellasi (1955), NyuYorkdagi Kennedi aeroportining TWA kompaniyasiga qarashli aerovokzali (1958) va boshqa S.ning meʼmorlik boʻyicha qilgan izlanishlaridagi ramziy obrazlilik 20-asrning 60—70y.laridagi AQSH meʼmorligi rivojiga taʼsir etdi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |