Saarinen Eliyel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eliel Saarinen (1873.20.8, Rantasalmi, Finlyandiya — 1950.30.6, BlumfildXils, AQSH) — fin meʼmori. Gelsingfors (Xelsinki)da oʻqigan (1893—97); universitetda rassomlik, Politexnika institutida meʼmorlikni oʻrgangan. Fin meʼmorligida "milliy romantizm" uslubining asoschisi (Xelsinkidagi Milliy muzey, 1906—09; Laxtidagi ratusha, 1912), 1923 yildan AQShda ishlagan (oʻgʻli Ero Saarinen bilan). Asosiy loyihalari: Parijdagi Xalqaro koʻrgazma paviloni (1900, hamkorlikda), maktab, muzey va BlumfildXilsdagi BA (1926— 43), Uorren (Michigan shtati)dagi "Jeneral motore" kompaniyasi texnik markazining loyihasi (1948—56) va boshqa [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil