Kontent qismiga oʻtish

Saʼva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Saʼva
Qorabosh saʼva (Carduelis carduelis)
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Kenja olam: Eumetazoa
Tip: Xordalilar
Kenja tip: Umurtqalilar
Sinf: Qushlar
Kenja sinf: Yelpigʻich dumli qushlar
Infrasinf: Yangi tanglayli qushlar
Turkum: Chumchuqsimonlar
Oila: Qiziltoʻshlar
Urugʻ: Saʼva
Carduelis

Saʼva (lotincha: Carduelis) — chumchuqsimonlar turkumi qiziltoʻshlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. Asosan paleoarktika hududining gaʻrbida tarqalgan qushlar. Oʻzbekistonda 2 turi uchraydi.

Taksonomiya va sistematika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urugʻga mansub boʻlgan birinchi turga Karl Linney tavsif bergan va 1758-yilda oʻzining Systema Naturae asarining 10-nashrida eʼlon qilgan. Linney turga Fringilla carduelis binominal nomini bergan. 1760-yilda fransuz olimi Mathurin Jacques Brisson turni alohida urugʻga kiritadi va urugʻni Carduelis deb nomlaydi. Carduelis — lotin tilidagi «saʼva» maʼnosini anglatuvchi soʻz.

Hozirgi kunda sava urugi 4 turni oʻz ichiga oladi.

Tashqi koʻrinishiNomiLotincha nomiTarqalish hududi
Qorabosh saʼvaCarduelis carduelis
Boʻzbosh saʼvaCarduelis caniceps
Sariq saʼvaCarduelis citrinellaYevropa: Ispaniyadan Alp togʻlarigacha
Korsika saʼvasiCarduelis corsicanaKorsika va qoʻshni orollar: SardiniyaElba, Kapraya, Gorgona.

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanasining uzunligi 13—16 sm, vazni 20 grammga yaqin. Peshonasi va tomogʻi qizil, qanoti sariq yoʻlli qora. Orqasi jigarrang, boshining tepa qismi oq, ensasi atrofi qora. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Urmon, toʻqay va bogʻlarda yashaydi. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida uchraydi. Uyasini daraxt shoxlariga ildiz tolalari, ot qili va oʻsimlik tolalari, jun va patlardan quradi. 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini modasi 12— 13 kun bosadi. Bolalari 13-15 kundan keyin uyasidan uchib chiqadi. Ularni ota -onalari 6-8 kun boqadi. Sava 1yilda 2 marta kopayadi. Yoz oxirlarida qayin va olxa uruglarini izlab oziqlanish maqsadida bargli ormonlarga uchib keladi . Bu qush baland daraxtlarga in qurishni yoqtiradi.