Saʼdulla Iskandarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Iskandarov Saʼdulla (1939.5.2, Xorazm viloyati Bogʻot qishlogʻi) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi akademik (1991), kimyo fanlari doktori (1973), professor (1980). Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan (1961). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida ilmiy xodim (1965—73), Xorazm pedagogika institutida prorektor (1973-77). UrtaOsiyo neftni qayta ishlash ilmiy tadqiqot instituti direktori (197778). Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash in-jenerlari instituti rektori va kafedra mudiri (1978 — 86; 2001 yildan), laboratoriya mudiri (1976—1991). Toshkent farmatsevtika instituti rektori (1991—2001). Ilmiy ishlari oʻsimliklar alkaloidlarini oʻrganish, kimyoviy tuzilishini aniqlash, strukturaviy tahlil usullari va ularni qishloq xoʻjaligida qoʻllash masalalariga bagʻishlangan. Usimliklardan 24 yangi alkaloid ajratib olgan. Paxtachilikda qoʻllaniladigan biologik stimulyatorlar (A-1, Ketostim), "Optim" defoliantini ixtiro qilgan. Shamol eroziyasiga karshi kurashda interpolimer kompleks qoplama hosil qilish usulini yaratdi. Tibbiyotda keng koʻlamda ishlatiladigan bir qancha noyob dorilar (levomitsetin, vitamin Ye, mumiyo va b.)ni ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini taklif etdi. Oliy oʻquv yurtlari uchun organik kimyo boʻyicha darsliklar yozgan. Jahon dorishunoslar Kongressi aʼzosi (1996).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil