Saʼdi maxsum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saʼdi maxsum (1825 Margʻilon — 1899) — oʻzbek anʼanaviy teatrining atoqli namoyandasi, mashhur qiziqchi. Zokir eshon rahbarligida Qoʻqonda tashkil topgan qiziqchilar toʻdasida ishlagan. "Mozor", "Zarkokil", "Qalandarlar", "Attorlik", "Yelpib oʻtirish", "Sinchvozlik", "Uloqchilik" nomli komediyalarning yaratilishida Saʼdi maxsumning oʻrni katta. U gavdalantirgan obrazlar orasida Attor ("Attorlik"), Domla ("Bola oʻqitish"), Chavandoz ("Uloqchilik") alohida ajralib turgan. SM. obraz yaratishda faqat soʻzdan emas, balki qoʻl va tana harakatlari, mimikadan juda ustalik bilan foydalangan. Ayniqsa, dehqon va hunarmandlarning qiyofalarini gavdalantirishda katta yutuklarga erishdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil