Rzambet Kosbergenov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rzambet Kosbergenovich Kosbergenov (1905—1979) — tarixchi olim. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), tarix fanlari doktori (1973). Qoraqalpogʻiston ped. institutini tugatgan (1948). Oʻzbekiston FAning Qoraqalpogʻiston boʻlimi Iqtisod va madaniyat institutida ilmiy xodim (1951 — 53), shu institut direktori (1953—59); Oʻzbekiston FAning Qoraqalpogʻiston filiali N. Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida tarix shoʻʼbasi mudiri (1959). S. P. Tolstoye va T. A. Jdanko boshchiligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi qatnashchisi (1946—56). Kosbergenovning ilmiy faoliyati qoraqalpoq xalqining etnik tarixi va shakllanishiga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil