Ryan Murray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ryan Murray
Murray Columbus Blue Jackets klubida 2013-yil
Tugʻilgan joyi 27-sentyabr 1993-yil (1993-09-27) (30 yosh)
Regina, Saskatchewan, Kanada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 206 lb (93 kg; 14 st 10 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Edmonton Oilers
Columbus Blue Jackets
New Jersey Devils
Colorado Avalanche
Milliy jamoa  Kanada
NHLga kirish drafti 2-oʻrindagi tanlov, 2012
Columbus Blue Jackets
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Ryan James Murray (talaffuzi: Rayan Jeyms Myurrey) (1993-yil 27-sentyabrda tugʻilgan)—kanadalik professional xokkeychi. Ryan Murray Milliy Xokkey Ligasi (NHL)da „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safida himoyachi sifatida oʻynaydi. Ryan Murray 2022-yilda „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan birga Stanley kubogini qoʻlga kiritdi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ryan Murray yoshligida „Everett Silvertips“ xokkey klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan[1].

Columbus Blue Jackets[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 22-iyunda Ryan Murray 2012-yilgi NHL kirish loyihasida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safiga ikkinchi oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi[2]. Keyingi oy 2012-yil 24-iyulda Ryan Murray „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[3]. 2012-yilning 16-noyabrida Ryan Murray „Silvertips“ xokkey klubi bilan o‘yinda yelkasidan jarohat oldi. Keyinchalik Ryan Murray yelkasida jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi. Shuning uchun Ryan Murray WHL mavsumining qolgan qismini oʻtkazib yubordi[4].

Ryan Murray oʻzining birinchi NHL oʻyinini 2013-yil 4-oktyabrda „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Ryan Murray NHLdagi birinchi golini 2013-yil 25-oktyabrda „Toronto Maple Leafs“ xokkey jamoasi bilan uchrashuvda urishga muvaffaq boʻldi[5]. Ammo Ryan Murray jarohatlar tufayli NHLdagi dastlabki besh mavsumining 35% dan ortigʻini oʻtkazib yubordi[6].

2016-yilning 11-fevralida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi Ryan Murray bilan yana ikki yillik 5,65 million dollarlik shartnoma imzoladi[7]. Biroq jarohatlar Ryan Murrayning oʻyinlarda ishtirok etishini cheklab qoʻydi. Shuning uchun Ryan Murray 2017—2018-yilgi NHL mavsumining deyarli yarmini oʻtkazib yubordi[8]. 2019-yilning 1-iyulida Ryan Murray „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan ikki yillik 9,2 million dollarlik shartnoma imzoladi.

New Jersey Devils[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan yetti mavsum oʻynaganidan so‘ng, Ryan Murray 2020-yil 8-oktyabrda „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[9].

Colorado Avalanche[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 2-avgust kuni Ryan Murray „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan bir yillik 2 million dollarlik shartnoma imzoladi[10]. Ryan Murray 2021—2022-yilgi mavsumni „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Ryan Murray „Colorado Avalanche“ klubi tarkibida mavsumdagi 18 ta o‘yinning 17 tasida maydonga tushdi[11].

Edmonton Oilers[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ryan Murray „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan Stanley kubogini qoʻlgan kiritdi. Shundan soʻng, Ryan Murray 2022-yil 2-sentyabrda „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzoladi[12].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Muntazam mavsum   Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2008—2009 Everett Silvertips WHL 5 0 1 1 2
2009—2010 Everett Silvertips WHL 52 5 22 27 31 7 2 5 7 2
2010—2011 Everett Silvertips WHL 70 6 40 46 45 4 1 2 3 4
2011—2012 Everett Silvertips WHL 46 9 22 31 31 4 3 2 5 0
2012—2013 Everett Silvertips WHL 23 2 15 17 14
2013—2014 Columbus Blue Jackets NHL 66 4 17 21 10 5 0 1 1 0
2014—2015 Columbus Blue Jackets NHL 12 1 2 3 8
2015—2016 Columbus Blue Jackets NHL 82 4 21 25 40
2016—2017 Columbus Blue Jackets NHL 60 2 9 11 24
2017—2018 Columbus Blue Jackets NHL 44 1 11 12 8 6 0 1 1 2
2017—2018 Cleveland Monsters AHL 1 1 0 1 0
2018—2019 Columbus Blue Jackets NHL 56 1 28 29 10
2019—2020 Columbus Blue Jackets NHL 27 2 7 9 4 9 1 0 1 2
2020—2021 New Jersey Devils NHL 48 0 14 14 8
2021—2022 Colorado Avalanche NHL 37 0 4 4 2
NHL (jami) 432 15 113 128 114 20 1 2 3 4

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010-yil Kanada U17 8 5 0 1 1
2010-yil Kanada U18 7 6 0 0 0 2
2010-yil Kanada IH18 1st 5 0 2 2 2
2011-yil Kanada U18 4 7 3 7 10 6
2012-yil Kanada Xokkey boʻyicha jahon chempionati 3rd 6 0 3 3 0
2012-yil Kanada Xokkey boʻyicha jahon chempionati 5 6 0 0 0 0
2016-yil Kanada Xokkey boʻyicha jahon chempionati 1st 10 0 5 5 0
2016-yil Shimoliy Amerika jamoasi Xokkey boʻyicha jahon chempionati 5 3 0 0 0 0
2018-yil Kanada Xokkey boʻyicha jahon chempionati 4 10 0 1 1 4
Oʻsmirlar (jami) 29 3 13 16 10
Kattalar (jami) 19 0 5 5 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ryan Murray Tabbed as 2011-12 Captain“. everettsilvertips.com (2011-yil 5-aprel). Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
  2. „2010 NHL Central Scouting rankings“. National Hockey League (2012-yil 10-iyun). 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-iyun.
  3. „Columbus Blue Jackets Sign 2012 First Pick Ryan Murray To Standard Three-Year Entry Level Deal“. NHL.com (2012-yil 24-iyul). Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
  4. „Blue Jackets prospect Ryan Murray undergoes successful shoulder surgery“. Columbus Blue Jackets (2013-yil 10-yanvar). 2013-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Blue Jackets top Maple Leafs for third straight win“. Columbus Blue Jackets (2013-yil 25-oktyabr). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Ryan Murray's Injury History: Cause for Concern?“ (2015-yil 18-fevral). 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyun.
  7. „Blue Jackets sign Murray to two-year contract“. NHL.com (2016-yil 11-fevral). Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
  8. „Blue Jackets' Ryan Murray accepts 1-year qualifying offer“. sportsnet.ca (2018-yil 14-iyul). Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
  9. „Devils acquire Ryan Murray from Columbus“. New Jersey Devils (2020-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-oktyabr.
  10. „Avalanche signs Ryan Murray“. Colorado Avalanche (2021-yil 2-avgust). Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  11. „Ryan Murray out indefinitely for Avalanche“. ColoradoHockeyNow.com (2021-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 29-noyabr.
  12. „Oilers sign Ryan Murray to a one-year deal“. Edmonton Oilers (2022-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.