Rutil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rutil (lot. rutilus — sargʻishqizil) — oksidlar sinfiga mansub mineral. TiO2 titan oksidining 3 polimorf modifikatsiyasidan biri. Izomorf shaklida Fe, Cr, Nb, Ta, V, Sn qoʻshimchalari boʻladi. Ta2O5 qoʻshimchasi 47% gacha boʻlsa stryuverit; Nb2O5 (42% gacha) — ilmenorutil, temir qoʻshilsa — nigrin deb ajratiladi; Tetragonal singoniyada kristallanadi. Kristallari prizmatik, ustunsimondan ninasimon shaklgacha. Rangi qizgʻishqoʻngʻir, toʻq qoʻngʻir, sargʻish, koʻkimtir, qora, baʼzan yashil boʻladi. Qattiqligi 6,5. Zichligi 4200 kg/m³. Moʻrt R. — titan rudalarining muhim komponenti, lokboʻyoq va elektrod i.ch.da, zargarlikda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil