Ruta (naqsh)
Ruta — ikki tomonga ulanuvchi naqsh taqsimp; naqsh mujassamotini oʻrab turadigan hoshiya naqsh. Amaliy bezak sanʼatining deyarli barcha turlari (naqqoshlik, ganch va yogʻoch oʻymakorligi, miskarlik, gilamchilik va hokazo)da keng qoʻllanadi. R.ning kengligi naqsh mujassamotida turlicha boʻlishi mumkin, uning ketma-ket hamda toʻnkarma usulda ulanadigan xillari mavjud. Ketma-ket ulanuvchi R.lar 1, 2, 3 yoʻnalishli boʻlib, har bir yoʻnalish bittadan chiqish nuqtasiga ega boʻladi. Toʻnkarma R.ning taqsim asosini usta 2 buklangan qogʻozga chizadi, buklangan qogʻozni ochganda toʻnkarma R. axta (ulgi)si hosil boʻladi; unda 1—2, baʼzan 3 chiqish nuqtasi boʻlishi mumkin, bunday R.da 3chiqish nuqtasi (odatda, oʻrtada boʻladi) boʻsh joylarni toʻldirishga xizmat qiladi. 2 chiqish nukali R.larda "aylanma nusxa" deb ataladigan kompozitsiya ham uchraydi (yaʼni 2 nuqtadan chiqqan novdalar halqa hosil qiladi), toʻldiruvchi boʻlaklar ham novdalarning oʻrnashgan joyiga moslab chiziladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |