Rusudana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rusudana — Gruziya malikasi (1222—45). Malika Tamara (1184— 1213)ning qizi. R. Gruziyaning 6salib yurishida qatnashishi xususida Rim papasi bilan kelishib olgandi, lekin bu rejani amalga oshishiga 1225-yilda xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi boshchiligidagi qoʻshinning Gruziyaga kirib kelishi xalaqit bergan. Jaloliddin R.ga kishi yuborib, unga uylanmoqchi ekanligini, oʻzini podshoh deb tan olishlarini hamda birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashishlari lozimligini bildiradi.

Nasaviyning yozishicha, R. Jaloliddin nasroniy diniga oʻtsagina uning taklifini qabul qilajagini shart qilib qoʻyadi. Xorazmshoh bu shartni katʼiyan rad etgan va jangni boshlab yuborgan. U Sharqiy Gruziyani 1225-yilda zabt etgan. Moʻgʻullar istilosi davrida R. moʻgʻul qoonigatobe boʻlgan (1235). Gruziya oʻlpon toʻlab, moʻgʻullarning harbiy yurishlarida qoʻshin yuborish majburiyatini olgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil