Rustaveli teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rustaveli teatri
gruzincha: რუსთაველის ეროვნული თეატრი

2010-yildagi teatrning holati
Umumiy maʼlumot
Maqomi teatr
Joylashuvi Tbilisi, Gruziya
Egasi Gruziya hukumati
Balandligi
Architectural Rokoko uslubi
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Kornel K. Tatishchev, Aleksandr Shimkievich
Rustaveli teatri

Rustaveli milliy teatri (gruzincha: რუსთაველის ეროვნული თეატრი) Gruziyaning eng katta va eng qadimgi teatrlaridan biri boʻlib, poytaxt Tbilisi shahrining Rustaveli prospektida joylashgan. Rokoko uslubida bezaklangan binoda joylashgan teatr 1887-yilda tashkil etilgan va 1921-yildan buyon Gruziya xalq shoiri Rustaveli nomi bilan ataladi.

Tarixi va arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino 1887-yilda „Rassomlar jamiyati“ sifatida tashkil etilgan. Rassomlar jamiyatining iltimosiga koʻra, bir necha taniqli rassomlarga podvalning devor va shiftlariga freskalar chizishga ruhsat berilgan. Ular orasida taniqli gruzin rassomlari Lado Gudiashvili va David Kakabadze, shuningdek, Rus baletlari va Metropoliten operasi uchun yaratgan ishlari bilan mashhur boʻlgan teatr sahnasi dizayneri Sergey Sudeikin ham boʻlgan. Yana ikkita muhim gruzin rassomlari — Mose va Iracly Toidze ham loyihada ishtirok etgan. Bir paytlar Rustaveli teatrining pastki qavatini bezab turgan durdona asarlar Sovet hokimiyati davrida oq boʻyoq bilan boʻyab tashlangan[1] va freskalarning faqat kichik bir qismigina qayta tiklangan.

1921-yilda bino nomi Rustaveli teatri deb oʻzgartirilgan. Teatr qurilishi Aleksandr Mantashev tomonidan moliyalashtirilgan. Inshoot dizayni Kornel K. Tatishchev va Tbilisi shahar meʼmori Aleksandr Shimkievich tomonidan amalga oshirilgan.

2002-yildan 2005-yilgacha teatr toʻliq taʼmirlangan. Taʼmirlash xarajatlarining asosiy qismi gruziyalik tadbirkor Bidzina Ivanishvili tomonidan moliyalashtirilgan.

Ishlash moslamalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatrda uchta sahna, jumladan, asosiy sahna (taxminan 800 oʻrinli), kichik sahna (283 oʻrinli) va eksperimental spektakllar uchun Blackbox teatri (182 oʻrinli) mavjud. Teatr konferensiyalar va tadbirlar oʻtkazish imkoniyatiga ham ega. Jumladan unda, katta bal zali, kichik bal zali va kichik foye mavjud.

Fotogalereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rustaveli teatri. „შენობა“. rustavelitheatre.ge.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koordinatalari: 41°41′59″N 44°47′52″E / 41.69972°N 44.79778°E / 41.69972; 44.79778 G O