Rustamxon Solihov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rustamxon Sobirovich Solihov (1947.4.4, Toshkent) — biokimyogar olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2003). Biol. fanlari doktori (2000), professor (2001). Toshkent Davlat Universitetini tugatgan (1970). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo institutida ilmiy xodim (1973—76), ilmiy kotib (1976—79), katta ilmiy xodim (1979-98), 1998-yildan hujayra biol.si laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari biologik faol oqsillarni, asosan, nerv tolalarini oʻstiruvchi omillar (neyrotrofinlar)ni har xil manbalardan ajratib olib, ularning tuzilishi va xossalarini oʻrganishga bagʻishlangan. S. rahbarligida Oʻrta Osiyo ilonlari zahari tarkibidagi fermentlar va oʻstiruvchi omillar tuzilishi hamda xususiyatlari oʻrganildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).