Rustambek Yusufbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rustambek Yusufbekov, Rustambek domla (1880 — Toshkent — 1950.17.5) — pedagog, oʻzbek maʼrifatparvari. Dastlab maktabxonat, soʻng Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasida oʻqigan. 1910-yillarda yangi usul maktabi ochib, unda oʻqituvchilik qilgan. "Taʼlimi avval" ("Dastlabki taʼlim") alifbe kitobini (1913), "Taʼlimi soniy" ("Ikkinchi taʼlim") oʻqish kitobni (1915) yozgan. Jadidchilik harakatida qatnashganligi uchun qamalgan.