Rustam mehtar Yusufalizoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rustam mehgar Yusufalizoda (1860 — Andijon — 1933) — sozanda (surnay), mehtar. Soz chalishni otasi Yusufali mehtardan va buxorolik Hojimat mehtardan oʻrgangan. Yoshligidan nogʻora, karnay va dutorda mashq qilgan boʻlsada, asosan, surnayda mohir ijrochi boʻlgan. Repertuaridan "Haqqoniy", "Voy, joney", "Layzongul", "Koʻcha bogʻi", "Charx" kabi kuylar hamda oʻnlab maqom yoʻllari oʻrin olgan. Andijon nogʻoraxonasining mehtari ham boʻlgan. Rustam mehtar Yusufalizoda ijrochilik anʼanalarini uning shogirdlari — Ashurali mehtar va oʻgʻli 0. Rustamov davom ettirishgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil