Rustam Mansurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rustam Mansurov (1913.21. 12, Samarqand viloyati — 1996.27.6, Samarqand) - Oʻzbekiston xalq artisti (1952). 1933 yildan Samarqand viloyat teatrida ishlagan. Eng yaxshi rollari: Solihboy (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Mirbo-bo (I. Akrom, "Adolat"), Yagor (G.Mdivani, "Nomus"), Prezident (F.Shiller, "Makr va muhabbat"), Ibrohim (K.Yashin, "Gulsara"), Hoji (K.Yashin, "Nurxon"), shahar hokimi (N.Gogol, "Revizor"), Dadaboy (Uygʻun, "Navba-hor"), Husayn Boykaro (Uygʻun, I.Sulton, "Alisher Navoiy"), Otello (U. Shekspir, "Otello"), Ezop (G.Figeyredu, "Ezop"), Darvesh (M.Karim, "Oy tutilgan tunda") va boshqa Yoshi ulugʻ, murakkab tabiatli shaxslar obrazini kurkam talqin qilish, yurish-turishi, tabiati, ovozi bilan bir-biriga oʻxshamagan qahramonlarining tashqi koʻrinishi va ichki olamini aniq ifoda eta bilish M. ijodiga xosdir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil