Rustam Hamidovich Shodiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rustam Hamidovich Shodiyev (15-may 1938-yil(1938-05-15), Toshkent, 21-oktabr 2020-yil(2020-10-21)
(82 yoshda)) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1988), iqtisod fanlari doktori (1981) professor (1983). Moskva iqtisodiyot institutini tamomlagan (1960). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida kichik (1960—67). katta (1968-71) ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1971—79), direk-tor oʻrinbosari (1990—91). BMT masla-hatchilarini tayyorlash kursida oʻqigan (1979—80), BMTning Suriya Arab Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirgan loyihalari rahbari (198082; 1984-85). Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri oʻrin-bosari (1992—94), Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshligʻi (1995—97), Bank-moliya akademiyasi ilmiy markazi rahbari (1997—2000), Jahon iqtiso-diyoti va diplomatiya universitetida kafedra mudiri (2000—2005), Ilmiy ishlari jahon iqtisoliyogn va xatqaro iqtiso-diy munosabatlar, xizmat koʻrsatish, aholi turmush larajasi, aholini ijtimoiy himoya qilish, demografiya, mehnat va moliya tizimini rivojlantirish masatatariga bagʻishlangan. Oliy maktablar uchun larslik yaratgan. Osiyo taraqqiyot bankinnnt Oʻzbekistonda ag-rosektor infratuzilmalarini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etgan.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sfera obslujivaniya i uroven jizni naseleniya, T.. 1984; Razvitiye sfern obslu-jivaniya naseleniya (politiko-zkonomicheskoy analiz), T.. 1993; Jahon iqtisodiyoti [Oliy uquv yurtlari uchun darslik] T., 2005.
  2. https://m.kun.uz/news/2020/10/21/ozbekistonda-xizmat-korsatgan-fan-arbobi-rustam-shodiyev-vafot-etdi