Russ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Russ
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Russell James Vitale
1992-yil 26-sentyabr
Atlanta, Jorjiya, Qo'shma Shtatlar.
Kasbi reper • muallif • qo'shiqchi • prodyuser
Leybl Diemon • Columbia
Janr Hip hop • trap
Faoliyat yillari 2007–hozirgacha
Veb-sayt diemon.com

Russell James Vitale (1992-yil 26-sentyabrda tugʻilgan), Russ taxallusi bilan mashhur, amerikalik reper, qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi[1][2][3]. Koʻp yillik albomlar, miksteyplar va singllarni chiqarganidan soʻng, Russ oʻzining oʻn ikkinchi studiyaviy albomi „Thereʼs Really a Wolf“ ni 2017-yilning may oyida Columbia Records bilan shartnoma imzolaganidan keyin chiqardi. 2018-yil aprel oyida u Platinum sertifikatiga ega boʻldi[4]. Uning birinchi hit singllari „What They Want“, „Losin Control“ va „Best on Earth“ boʻlib, AQSh Billboard Hot 100 roʻyxatida mos ravishda 83, 63 va 46-oʻrinlarni egalladi[5]. Uning oʻn uchinchi albomi „Zoo“ 2018-yil 7-sentabrda chiqdi va AQShning Billboard 200 roʻyxatida 4-oʻrinni egalladi. Uning oʻn toʻrtinchi studiyaviy albomi „Shake the Snow Globe“ 2020-yil 31-yanvarda chiqdi va yana AQSh Billboard 200 roʻyxatida 4-oʻrinni egalladi[6]. Yakkaxon musiqasidan tashqari, u Atlantadagi Diemon musiqa jamoasining bir qismidir[7][8][9].

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Russ 1992-yil 26-sentyabrda Nyu-Jersi shtatida tug‘ilgan. U asli sitsiliyadan. Russ Sitsiliya-Amerika oilasida tugʻilgan, oilada uchta aka-ukasi bor. U bolaligida Shimoliy Karolina va Kentukki shtatlarida yashagan, chunki uning oilasi Atlantada doimiy uy-joy topgunga qadar otasi doimiy ravishda boshqa joyga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan. Russga gitara chalishni otasi o‘rgatgan va yillar davomida asta-sekin bir nechta asboblarni chalishni o‘rgangan. U 7 yoshida rep yozishni boshlagan. U 14 yoshida musiqa yaratishni boshlagan. U birinchi qoʻshigʻini 18 yoshida yozgan[10].

Musiqiy uslub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Russning dastlabki muhlislik qilgan va ilhomlangan ijodkorlari G-Unit, 50 Cent va Eminem edi. U dastlabki professional rep yozishga urinishdan oldin taxminan olti yil davomida musiqa yaratishga qiziqib yurdi. Russ oʻzining qoʻshiqlari oʻzi ishlab chiqarilishi, yozilishi va oʻzi tomonidan ijro etilishi bilan mashhur.

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Russning ikki xil koʻz rangi bor, bu holat heterochromia deb ataladi. Chap koʻzi toʻq jigarrang, oʻng koʻzi och jigarrang.

Discography[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Thereʼs Really a Wolf (2017)
  • Zoo (2018)
  • Shake the Snow Globe (2020)
  • Chomp 2 (2021)

Chartda oʻrin olgan treklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Yili Chartdagi oʻrni Sertifikatlar Albom
US R&B NZ Hot
„Ride Slow“ 2017  —
  • RIAA: Platinum
  • MC: Gold
Thereʼs Really a Wolf
„Need a Minute“ 2020  — 29 Shake the Snow Globe
„Guess What“
(& Rick Ross)
 — 16
„All to You“
(& Kiana Ledé)
 — 38
„3AM“
(& Ty Dolla $ign)
15 20
„—“ diagrammaga kirmagan maʼnoni bildiradi.

Mukofot va Nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Kategoriya Natija
2017 Woodie Awards Woodie to Watch Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ACE Repertory“. ascap.com. 2017-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-avgust.
  2. „Russ Doesn't Hesitate to 'Pull the Trigger' in New Video – XXL“. XXL Mag. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-avgust.
  3. „Certified Fresh: Meet Russ, Your Next Favorite Rapper“. hiphopwired.com (2016-yil 20-aprel). 2018-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-aprel.
  4. „American single certifications – Russ -There's Really a Wolf". Recording Industry Association of America“. Recording Industry Association of America. Qaraldi: 2017-yil 28-avgust.
  5. „Russ Chart History: Billboard Hot 100“. Billboard. 2018-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-mart.
  6. „Russ Chart History“. Billboard. November 5, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: November 5, 2019.
  7. „Meet Russ the Up and Coming Atlanta Artist“. teambackpack.net. 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-avgust.
  8. „Do It Everyday, Music or Nothing: ATL's Russ on His Self-Made Success – Mass Appeal“ (2016-yil 20-iyun). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  9. „New Visuals For Russ's "Pull The Trigger"“. Respect (2016-yil 29-iyul). 2016-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  10. Garl, Maurice; 2016, Apr 20 „Certified Fresh: Meet Russ, Your Next Favorite Rapper“. Hip-Hop Wired (2016-yil 20-aprel). 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-avgust.