Ruslan Medjitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruslan Medjitov
Tavalludi 1966-yil 12-mart
Toshkent shahri
Fuqaroligi AQSh
Ish joylari Kaliforniya universiteti, Yale universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti, Moskva davlat universiteti
Mukofotlari Shou mukofoti
Turmush oʻrtogʻi Akiko Ivasaki (2007)

Ruslan Maqsutovich Medjitov (1966-yil 12-martda tugʻilgan) – Yale tibbiyot maktabining immunobiologiya professori, Yale saraton markazi aʼzosi va Xovard Xyuz tibbiyot institutining tadqiqotchisi. Uning tadqiqotlari tugʻma immunitet tizimini tahlil qilishga, yalligʻlanishga qarshi davolarning taʼsiriga qaratilgan. Shuningdek, adaptiv immunitetning tugʻma nazoratini va xost-patogen oʻzaro taʼsirini oʻrgangan.

Ruslan 2010-yil 27-aprelda AQSh Milliy fanlar akademiyasiga saylangan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruslan Medjitov 1966-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Dastlab, Toshkent davlat universitetida fan bakalavri darajasini, Moskva davlat universitetida biokimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1992-yilda Charlz Jeynueyning tugʻma immunitetni qoʻzgʻatadigan faraziy flip-flop haqidagi maqolasini oʻqiydi.

Yalega kelishdan oldin San-Diegodagi Kaliforniya universitetida Rassel Dulitl laboratoriyasida ishlagan. Ruslan maxsus immunologik taʼlimga ega boʻlmay turib, naqshni aniqlaydigan retseptorlarni topish kerakligini tushunadi.

Medjitov 2012-yil 15-mayda Moskva davlat universitetining faxriy professori diplomi va medali bilan taqdirlangan. U yerda muntazam ravishda oʻz maʼruzalarini oʻqiydi. Hozirda Yale universiteti tibbiyot fakultetida Sterling professori sifatida xizmat qilmoqda[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruslan Medjitov Saraton ilmiy-tadqiqot institutining asosiy va oʻsimta immunologiyasi boʻyicha taniqli tadqiqotlari uchun William Coley mukofoti, Yale universitetining sanʼat magistri, Emil fon Behring mukofoti, AAI-BD biosciences tadqiqotchisi va universitetda Causa sharafi doktori unvoniga sazovor boʻlgan. Myunxen, Nyu-York sanʼat va fanlar akademiyasining yosh olimlar uchun Blavatnik mukofotini olgan. Shuningdek, Chikago universitetining Howard Taylor Ricketts mukofoti, 2010-yilda asosiy tibbiy tadqiqotlar boʻyicha taniqli ish uchun Lyuis S. Rozenstiel mukofoti va 2019-yilda Dickson mukofoti bilan taqdirlangan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Medjitov 2007-yilda Yale universitetining molekulyar, hujayrali va rivojlanish biologiyasi kafedrasi professori Akiko Ivasaki bilan turmush quradi. Ularning ikkita qizi bor[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Руслан Меджитов – Почётный профессор Московского университета“ (en). Moscow State University. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  2. „Autobiography of Ruslan M Medzhitov“. The Shaw Prize. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]