Kontent qismiga oʻtish

Ruslan Fedotenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruslan Fedotenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 1979-yil 18-yanvar
Kiyev, Ukraina
Boʻyi 1.85 m
Vazni 91 kg
Sport
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Qaysi sport Xokkey
Pozitsiyasi Himoyachi

Ruslan Viktorovich Fedotenko (ukraincha: Руслан Вікторович Федотенко; 1979-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq professional xokkeychi.

Ikki karra Stenli kubogi chempioni, Milliy xokkey ligasi (NHL)da Filadelfiya Flayers, Tampa Bay Lightning, New York Islanders, Pitsburg Penguins va New York Rangers jamoalarida oʻynagan. Xalqaro miqyosda Fedotenko 2002-yilgi qishki olimpiya oʻyinlarida Ukraina sharafini himoya qilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fedotenko Pittsburgh Penguins jamoasi safida.

Fedotenko 1993-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Ukraina jamoasi bilan ishtirok etgan[1].

1999-yilda Philadelphia Flyers jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2002-yilgi Stenli kubogi pley-off bosqichida Ottava Senators klubiga qarshi kechgan Sharqiy konferensiya chorak finalining 1-oʻyinida qoʻshimcha vaqtda gʻalaba golini kiritgan.

Tampa Bay Lightning[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flyers safidagi ikki mavsumdan soʻng, 2002-yilda Tampa Bay Lightning jamoasi safiga borib qoʻshilgan.

2004-yilda Fedotenko oʻz faoliyatida ilk marta Stenli kubogini qoʻlga kiritgan. Finalning 7-oʻyinida, Calgari Flamesga qarshi bahsda jamoasining ikkala goliga mualliflik qilgan. 2005—06-yilgi 26 gol, umumiy 41 ochkolik muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, Fedotenko 2006-yil iyul oyida cheklangan erkin agent sifatida shartnomasini yana bir yilga (Yillik maoshi 1,65 million dollar) uzaytirdi[2].

New York Islanders[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tampa Baydagi toʻrtinchi mavsumidan soʻng, Fedotenko 2007-yil iyul oyida New York Islanders bilan bir yillik (2,9 million dollar maosh) shartnoma imzoladi. Islanders safida bir mavsumda 33 ochko toʻpladi[manba kerak].

Pittsburgh Penguins[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyingi mavsumda (2008-yil) Fedotenko Pittsburgh Penguins bilan 2,25 million dollarlik shartnoma imzoladi. 65 oʻyinda 39 ochko toʻplagan holda faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni oʻtkazgan. Sidney Crosby, Yevgeniy Malkin va Jordan Staal kabi istedodli xokkeychilar bilan bir jamoada harakat qilgan. 2009-yilda Pinguins jamoasi safida 24 oʻyinda 14 ochko toʻplagan va faoliyatida ikkinchi marta Stenli kubogini qoʻlga kiritgan. Pittsburgh finalda Detroit Red Wings klubini yetti oʻyin natijasiga koʻra magʻlub etgan. 2009-yil iyul oyida erkin agentga aylanganidan soʻng, Fedotenko maoshini kamaytirdi va Pittsburgh Penguins safida qolish uchun yillik 1,8 million dollarlik shartnomaga rozi boʻldi[manba kerak].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fedotenkoning yelkasida 2 ta Stenli kubogi tatuirovkasi bor[3]. Fedotenko Florida shtatining Tampa shahrida rafiqasi Debbie bilan yashaydi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-fevral.
  2. „Lightning ink Fedotenko to one-year deal“. TSN.ca (2006). 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 28-sentyabr.
  3. „Ruslan Fedotenko player profile“. Sokil Kyiv (2012-yil 3-fevral). Qaraldi: 2013-yil 13-aprel.
  4. „RUSLAN FEDOTENKO RETIRES AFTER 12 NHL SEASONS“. National Hockey League Players' Association (2016-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.