Ruslan Baltiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruslan Baltiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ruslan Takhiruly Baltiyev
Tavallud sanasi 16-sentyabr 1978-yil (1978-09-16) (45 yosh)
Tavallud joyi Alma-Ata, Qozoq SSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996 Jetisu 13 (1)
1997—1999 Qayrat 60 (10)
2000 Qiziljar 15 (2)
2001—2002 Sokol Saratov 54 (7)
2003 Dinamo Moskva 30 (2)
2004-2006 Moskva 30 (1)
2005Shinnik Yaroslavl (Ijara) 11 (1)
2007—2009 Tobol 69 (16)
2010 Jemchujina-Sochi 20 (1)
2011—2012 Qayrat 22 (2)
Milliy terma jamoa
1997—2009 Qozogʻiston 73 (13)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2013-yil 13-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2009-yil 14-oktyabr uchun)

Ruslan Takhiruly Baltiyev (talaffuzi: Ruslan Taxiruli Baltiyev) (1978-yil 16-sentyabrda tugʻilgan[1]) — nafaqadagi futbolchi yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. U Qozogʻiston terma jamoasining sobiq futbolchisi boʻlib, eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi[2].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baltiyev oʻz faoliyatini 1997-yilda „Jetisu“da boshlagan va professional futboldagi ajoyib mavsumdan soʻng Qozogʻistonning "Qayrat" klubiga oʻtgan. U oʻsha yili ilk bora Qozogʻiston terma jamoasidan ham chaqiruv olgan. Ichki chempionatdagi 4 mavsumdan soʻng uning oʻyinlari Rossiyaning „Sokol Saratov“ klubi rahbariyati eʼtiboriga tushgan. Baltiyev Rossiya Premyer-ligasi klubida 2 mavsum o‘tkazgan va Rossiya futbolida yaxshi nom qozongan. 2002-yilda jamoa quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, u Ukraina va Rossiyaning yuqori divizion jamoalariga oʻtish bilan bogʻliq gap soʻzlar tarqalagan. Oxir-oqibat u Moskvaning „Dinamo“ klubiga oʻtgan va u yerda 2003-yilgi mavsumda barcha oʻyinlarda maydonga tushib, klubning yuqori divizonda qolishiga yordam bergan. Dinamo bilan muvaffaqiyatli oʻtgan mavsumdan soʻng, Baltiyev Moskvaning boshqa jamoasiga oʻtgan, u yerda ikki mavsumdan keyin asosiy tarkibdagi oʻrnini saqlab qola olmagan va Qozogʻistonga qaytib, mahalliy liganing eng kuchli jamoalaridan biri boʻlgan „Tobol“ bilan shartnoma imzolagan. Baltiyev chempionatning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan va o‘zining yangi klubi „Tobol“ga chempionlik uchun kurash olib borishga va yevrokuboklarda o‘ynashga yordam bergan. 2009-yil dekabr oyida Baltiyev Rossiya birinchi divizioni klubi „Jemchujina-Sochi“ klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faxrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiziljar

Ikkinchi oʻrin egasi

Tobol

Gʻolib

  • Qozogʻiston kubogi : 2007-yil

Ikkinchi oʻrin egasi

Klubdagi faoliyati Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Qozogʻiston Liga Qozogʻiston Kubogi Liga Kubogi Yevropa Jami
1996 Jetisu Qozogʻiston Premyer Ligasi 13 1 ? 0 - - 13 1
1997 Qayrat 60 3 ? 1 - - 60 4
1998 3 ? 1 - - 4
1999 4 - - - - 4
2000 Qizljar 15 2 ? 3 - - 15 5
Rossiya Liga Rossiya Kubogi Liga Kubogi Yevropa Jami
2001 Sokol Saratov Rossiya Premyer Ligasi 27 2 3 0 - - 30 2
2002 27 5 2 0 - - 29 5
2003 Dinamo Moscow 30 2 2 0 2 0 - 34 2
2004 Moscow 27 1 7 2 - - 34 3
2005 Moscow 3 0 1 0 - - 4 0
Shinnik Yaroslavl 11 1 1 1 - - 12 2
2006 Moscow 0 0 0 0 - - 0 0
Qozogʻiston Liga Qozogʻiston Kubogi Liga Kubogi Yevropa Jami
2007 Tobol Qozogʻiston Premyer Ligasi 23 7 6 4 0 0 7 3 36 14
2008 27 5 5 2 0 0 2 0 34 7
2009 19 4 2 0 0 0 2 0 23 4
Rossiya Liga Rossiya Kubogi Liga Kubogi Yevropa Jami
2010 Jemchujina-Sochi Rossiya Birinchi Divizioni 20 1 0 0 - - 20 1
Qozogʻiston Liga Qozogʻiston Kubogi Liga Kubogi Yevropa Jami
2011 Qayrat Qozogʻiston Premyer Ligasi 19 2 2 0 - - 21 2
2012 3 0 0 0 - - 3 0
Jami Qozogʻiston 179 31 15 11 - 11 3 205 45
Rossiya 145 12 16 3 2 0 - 163 15
Karyerada jami 324 43 31 14 2 0 11 3 368 60

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]