Ruse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ruse — Bolgariyadagi shahar. Ruse okrugining maʼmuriy markazi. Aholisi 162,1 ming kishi (2001). Mamlakatning Dunay daryosi boʻyidagi yirik porti. Transport yoʻllari tuguni. T.y va avtomobil yoʻli koʻprigi orqali Ruminiyaning Jurju shahri bilan bogʻlangan. Mashinasozlik (xususan, ogʻir, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika), kemasozlik, priborsozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud. Mebel ishlab chiqariladi. Opera va drama teatrlari, tarix muzeyi, qishloq xoʻjaligi instituti bor. Shaharga 1-asrda rimliklar asos solgan. 6-asrgacha harbiy markaz boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil