Rusafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rusafiy (arRusafiy), Maʼruf ibn Abd alGʻani (1875, Bagʻdod — 1945.16.4) — arab shoiri va adabiyotshunosi. Yangi arab sheʼriyatidagi "ijtimoiy maktab" asoschisi. Diniy maktabni tugatib (1899), Istanbul, Damashq, Quddusda arab adabiyotidan dare bergan. Ijodi 1910-yildan boshlangan. R.ning "Faqirlik va kasallik" (1915), "Yetim bayramda" (1928), "Yetimxona" (1932) sheʼrlari ijtimoiy-siyosiy mavzuda. "Urushga" (1911), "Tripolida" (1944) sheʼrlarida Tripoli xalqining italyan bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashi aks etgan. "Biz va xalqaro ahvol" (1942), "AlJavohiriyga noma" (1944) dostonlarida vatanparvarlik motivlari ifodalangan. R. asarlari "Devoni arRusafiy" toʻplamiga jamlangan (1959). "Arab tili va adabiyotidan maʼruzalar" (1928), "Arab adabiyotidan maʼruzalar" (1932) kabi kitoblar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil