Rukniddin gʻursanchti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rukniddin gʻursanchti (taxminan 1206—1222) — Muhammad Xorazmshohning oʻgʻli. Otasi unga Iroq viloyatini boshqarishni topshirgan. Xorazmshoh Muhammad Gʻur viloyati bosib olinganligi sharafiga unga "Gʻursanchti" nomini bergan. U husnixat sohibi boʻlib, oʻsmirlik chogʻidayoq Qurʼoni karimni oʻz qoʻli bilan qayta koʻchirgan. R.Gʻ. oliyhimmat, adolatli boʻlgan. Moʻgʻullar istilosi davrida P. F. Subutoy bahodir va Jebe noʻyon qoʻshinlaridan qochayotgan otasiga yordam berish uchun 30 minglik qoʻshin bilan Farrozin qalʼasi yaqinida peshvoz chiqqan, soʻngra uni Qorun, Sarjahon qalʼalarigacha kuzatib borgan. R.Gʻ. Isfahon noibi Jamoliddin Muhammad ibn OyOba isyonini bostirish bilan band boʻlib turganida unga qarshi moʻgʻullar qoʻshini kelayotganidan xabar topgan. R.Gʻ. Ustunavand qalʼasiga oʻrnashib olgan. Moʻgʻullar qalʼani qamal qilib egallashgan va R.Gʻ.ni qatl etishgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Shixabad-Din Muhammad anNasavi, Jizneopisaniye Sultana Djalal adDina Mankburni, Baku, 1973; Anushtagin xorazmshohlar davlati (1097— 1131), T., 1998.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil