Ruhi juvanon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ruhi juvanon — jaydari urik navi. Xalq seleksiyasida yaratilgan. Daraxti kuchli usadi. Bal. 8 m. gacha boradi. Barglari yirik, och yashil. Mevasi iyun oxiri — iyulning boshlarida pishadi, oʻrtacha 35—40 g , choʻziqdumaloq. Poʻsti silliq, yupqa, eti sariq, taʼmi xushxoʻr, suvli. Tarkibida 14— 16% qand, 0,8% kta, 60,38 mg% vitamin S bor. Danagidan qiyinroq ajraladi. Danagi yirik, magzi shirin.

Koʻchati oʻtqazilgach, 5—6yili hosilga kiradi. Sovuqqa chidami oʻrtacha. Nam bilan yetarli taʼminlangan tuproqlarda yaxshi hosil beradi. 10—12 yoshida daraxtidan 30—55 kg , 20—25 yoshida 60—70 kg hosil olinadi. Mevasi xoʻlligicha yeyiladi, murabbo, kompot, turli konservalar qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil