Rufiji
Qiyofa
Rufiji — Tanzaniyadagi daryo. Nyasa koʻlidan sharqda joylashgan togʻlardan boshlangan Luvegu va Kilombero daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi Luvegu irmogʻining boshlanish joyidan 1400 km, havzasining maydoni 178 ming km². Hind okeanining Mafiya dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 1100 m³/sek. Martdan may oyigacha suvi koʻpayadi. Quyi qismida kema qatnaydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |