Kontent qismiga oʻtish

Rozmarin (olma)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rozmarin, Oq Rozmarin — kechpishar qishki olma navi. Italiya (Janubiy Tirol)da chiqarilgan. 19-asrning oxirlarida Qrim orqali Oʻzbekistonga keltirilgan. Daraxti keng piramidasimon, shoxlari tik va kuchli usadi. Bal. 13–15 m ga boradi. Gullari yirik, oq. Aprelning 2-yarmida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (75—100 g), sirti silliq, choʻziq, pusti mayin, oq nuqtalari bor, eti oq, muloyim, suvli, xushxoʻr. Tarkibida 83,6% suv, 0,34% kul, 10,8% qand, 0,53% kta, 0,7% pektin moddalari, 2,2 mg (1000 g da) temir moddasi mavjud. Mevasi oktabr boshlarida terib olinadi. Yer osti suvi chuqur, boʻz tuproqli yerlarda har tupi 300–500 kg (ayrim daraxtlaridan 1,5—2 t) hosil olinadi. 22—25 yoshida moʻl hosil beradi. Biroq mevalari (ayniqsa, hosil yigʻishtirilishi oldidan) koʻp toʻkiladi. Mazasi saqlanishi jihatdan eng yaxshi navlardan. Sovuqqa chidamli. 20-asrning 60-yillariga qadar Oʻzbekistonda asosiy navlardan biri sifatida koʻp ekilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil