Roza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Roza (lot. Rosa — atirgul) — aylana shaklidagi deraza. Roman uslubi va gotika meʼmorligidagi qurilishlarda koʻp qoʻllanilgan (12—15-asrlar). R.da romlar nur taratayotgan quyosh yoki atirgulga oʻxshatib ishlangan. Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasiga ishlangan R. hajmi — 12,9 m. Oʻzbekistonda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yevropacha tipdagi binolarda R. ishlatilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil