Rothschild oilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rotshildlardan yoʻnaltirildi)
gerb
Rotshildlar limuzini, 1902-yil

Rotshildlaryahudi magnatlari sulolasi. 18-asrda frankfurt-maynlik bankir Mayer Amshel Rotshild asos solgan. 19-asrning 1-yarmida uning 5 oʻgʻli Parij, London, Vena, Frankfurt va Neapoldagi banklarda rahbarlik qilganda R.ning mavqei ancha oshdi. Yevropa banklarining koʻpchiligi R. bankiga moliyaviy qaram edi. Keyinchalik Vena, FrankfurtMayn va Neapoldagi R. banklari oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Parij va Londondagi banklar mustaqil moliyaviy ish yuritdi. R. guruhi ingliz va fransuz tarmoqlariga boʻlinadi. Buyuk Britaniyadagi "Rotshild Semyuel Oppengeymer" va Fransiyadagi "Bank de Rotshild" banki, "Sosyete denvestisman dyu Nor" xolding kompaniyasi (1972) har ikki tarmoqning asosini tashkil etadi. R. Buyuk Britaniya va Fransiya siyosiy hayotida muhim oʻrin tutadi.[1]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil