Kontent qismiga oʻtish

Rostov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rostov, Rostov-Yaroslavskiy (12—17-asrlarda— Buyuk Rostov) — Rossiya Federatsiyasi Yaroslavl viloyatidagi tarixiy shahar. Nero koʻlining shimoli-gʻarbiy sohilida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 36,4 ming kishi (1998). Agregat zavodi, zigʻir tola fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari, "Rostovskaya finift" emal miniatyura rassomligi fabrikasi bor. Rostov birinchi marta 862 y.gi yilnomada tilga olingan, 10-asrda Rostov Suzdal, 1207— 1474-yillarda Rostov knyazliklari markazi. 1474-yilda uzilkesil Moskva davlati tarkibiga kirdi. 17-asrda Rostovda (19-asrning 1-yarmida Nijniy Novgorod va Irbit yarmarkalaridan keyin 3oʻrinda turgan) Rostov yarmarkasi vujudga keldi.

Rostovda RostovYaroslavl tarixiymeʼmoriy va badiiy muzeyqoʻriqxonasi mavjud. Uspeniye sobori (16-asr; freskalari — 17-asr); 17-asr devori va minoralari, Voskreseniye (1670), Ioann Bogoslov (1683), Spas (1675) va boshqa cherkovlar, Kreml ansambli (16—17-asrlar); savdo rastalari (19-asr); Avraam (16—19-asrlar) va Yakov (17—19-asrlar) monastirlari majmuilari saqlangan. Rostov 1970-yildan qoʻriqxonashahar deb eʼlon qilingan. Turizm rivojlangan.[1]

  1. "Rostov" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil