Kontent qismiga oʻtish

Rostgoʻylik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rostgoʻylik — rostini, haqiqatni gapirishni, oʻzini va oʻzgalarni aldamaslikni anglatuvchi tushuncha; toʻgʻrisoʻzlik. Rostgoʻy kishi haqiqiy ahvol haqida toʻgʻri maʼlumot beradi, kamchiliklarni tan oladi, yuz berayotgan voqea va hodisalarga xolisona baho beradi. Rostgo'y jamiyatning barqarorligi va jamiyat aʼzolari oʻrtasidagi ishonchni taʼminlashga xizmat qiladi. Shu sababli u har bir insonning ajralmas xususiyati boʻlmogʻi lozim. Qurʼoni karim va hadislarda rostgoʻy boʻlishga, haq soʻzni soʻzlashga daʼvat etiladi, R. ezgulikka boshlovchi fazilat sifatida baholanadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil