Rossiyada 1905-07 yillar inqilobi (inqilob)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rossiyada 1905-07 yillar inqilobi — samoderjaviyega qarshi kurash voqealari. 1904—05 yillardagi rusyapon urushi natijasida mamlakatdagi inqirozli ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashdi. Sankt-Peterburgda 1905-yil 9 yanvarda ishchilarning tinch namoyishi oʻqqa tutilganligi (Qonli yakshanda deb nom olgan voqea) inqilobning boshlanib ketishiga turtki boʻldi; dehqonlar gʻalayonlari kengayib ketdi, ishchilar orasida, armiya va flotda noroziliklar kuchaydi ("Potyomkin" bronenosetsida qoʻzgʻolon, Vladivostok qoʻzgʻoloni va boshqalar) Burjuaziya islohotlar oʻtkazish talablarini koʻydi. Kasblar boʻyicha va kasabasiyosiy uyushmalar, ishchi deputatlari Sovetlari paydo boʻldi, sotsialdemokratik partiya va sotsialistrevolyusionerlar partiyasi mustahkamlandi, konstitutsiondemokratik partiya, "17 oktyabr ittifoqi", "Mixail Arxangel ittifoqi" va boshqa partiyalar tashkil qilindi. 1905-yilgi Okt. Butun Rossiya siyosiy stachkasi, liberallar tomonidan samoderjaviyening keskin tanqid qilinishi imperator Nikolay II ni 1905-yil 17 oktabr manifestini chiqarishga majbur qildi. Siyosiy erkinliklarni vaʼda qilish, qonun chiqaruvchimaslahat beruvchi Davlat dumasining chaqirilishi hukumatga liberallarni betaraf etish imkonini berdi; Moskva, RostovDon, Novorossiysk, Yekaterinoslavdagi 1905-yil dekabr qurolli qoʻzgʻolonlari tormor qilindi. Biroq 1906-yil ishchilarning zabastovka kurashi davom etishi bilan birgalikda dehqonlarning (ayniqsa, 1906-yil yezda), armiya va flotning ("Pamyat Azova" kreyserida, Sveaborg va Kronshtadtda qoʻzgʻolonlar), milliy mintaqalar aholisining (Latviyada "oʻrmon birodarlari", Gruziyada "qizil yuzliklar" va boshqalar) faolligi ortib bordi. 2Davlat dumasining tarkatib yuborilishi (1907-yil Uchinchi iyun davlat toʻntarishi deb atalgan voqea) inqilob tugaganligini bildirardi. Samoderjaviye parlament vakilligini tashkil qilish va islohotlarni boshlash yoʻlini tutdi (Stolipinning agrar islohoti).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil