Kontent qismiga oʻtish

Rossiya axborot telegraf agentligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rossiya axborot telegraf agentligi (RATA-TASS) — Rossiyaning markaziy davlat axborot xizmati. 1904-yil Sankt-Peterburg telegraf agentligi (SPTA) nomi bilan tashkil etilgan. 1914-yildan Petrograd telegraf agentligi (PTA), 1918-yildan Rossiya telegraf agentligi (ROSTA), 1925-yildan Sovet Ittifoqi telegraf agentligi (TASS) deb atalgan. 1992-yil yanvarda uni Rossiya axborot telegraf agentligiga aylantirish vaqtida TASS nomi dunyoga tanilgani sababli RATA—TASS degan atama maʼqul topildi. Agentlikning 134 ta mintaqaviy markazi va boʻlimi, 67 xorijiy mamlakatda muxbirlik boʻlinmasi bor. Ular Rossiyaning turli joylarida va dunyoning hamma burchaklarida sodir boʻlgan voqealarni zudlik bilan Moskvada kechayu kunduz ishlaydigan markaziy idoraga xabar qiladi, bu yerdan xabarlar, fotosurat va grafik tasvirlar ommaviy axborot vositalariga tarqatiladi. Bundan tashqari, turli mavzularda tahliliy nashrlar, bukletlar, byulletenlar, maʼlumotnomalar tayyorlanib, obunachilarga yetkazib beriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil