Roqim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Roqim (taxallusi; ismi nomaʼlum, 1742 — Xorazm — 1814/15) — shoir, xattot. Ijodda Navoiy va Fuzuliyga ergashgan. Oʻzbek va fors tillarida, mumtoz badiiyatning deyarli hamma janrlarida ijod qilgan. Anʼanaviy ishkiy lirikasi va ijtimoiy masalalarga oid sheʼrlari ijodida muhim oʻrin tutadi. Ularda davr kiyinchiliklari, jabrzulmdan shikoyat anʼanaviy ishqiy kayfiyatlar orqali ifodalangan, yor madhi turmushning ijtimoiy talkini bilan bogʻlangan, ishqiy norozilik esa ijtimoiy adolatsizlikdan shikoyat maʼnosini aks etgan. R.ning bizgacha 1 devoni (6470 misra) va devonga kirmagan 30 muhammas, 6 gʻazali yetib kelgan. Koʻplab muhammaslari Navoiy, Fuzuliy, Munis, Bedil, Ravnaq va boshqa ning gʻazallariga bogʻlangan. R. Xorazm adabiy muhitida marsiyachilikka asos solgan. Marsiyalaridagi hasratlar real insoniy kechinmalarga asoslangan, anʼanaviy obraz va ifodadan qochib, yangi, hayotiy obrazlar yaratgan. R. nomalar ham yozgan, Munis devoni va boshqalarni husnixatda koʻchirgan. Devoni qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharkshunoslik instituti fondida saqlanadi (inv. №7576).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tanlangan asarlar, T., 1965.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 3j., T., 1978.