Ron Atkinson
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ronald Frederick Atkinson[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1939-yil 18-mart | ||
| Tavallud joyi | Liverpool, Angliya | ||
| Ampluasi | Qanot himoyachisi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Wolverhampton Wanderers | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1956–1959 | Aston Villa | 0 | (0) |
| 1959–1971 | Oxford United | 384 | (14) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1971–1974 | Kettering Town | ||
| 1974–1978 | Cambridge United | ||
| 1978–1981 | West Bromwich Albion | ||
| 1981–1986 | Manchester United | ||
| 1987–1988 | West Bromwich Albion | ||
| 1988–1989 | Atlético Madrid | ||
| 1989–1991 | Sheffield Wednesday | ||
| 1991–1994 | Aston Villa | ||
| 1995–1996 | Coventry City | ||
| 1997–1998 | Sheffield Wednesday | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Ronald Frederick Atkinson (1939-yil 18-martda tugʻilgan)- ingliz sobiq futbolchisi va murabbiyi. Atkinson "Big Ron" nomi bilan tanilgan[2][3]. U 1990-yillar va 2000-yillarning boshlarida Britaniyaning eng taniqli futbol ekspertlaridan biri hisoblangan.
Atkinson futbolchilik faoliyati davomida "TheTank" laqabini olgan va 12 yil davomida Oxford United sharafini himoya qilgan. U oʻyinlarda maydonga tushish boʻyicha klub rekordini saqlab kelmoqda[4]. Murabbiy sifatida u 1983 va 1985-yillarda "Manchester United" bilan Angliya kubogi, 1991-yilda Sheffield Wednesday va 1994-yilda "Aston Villa" bilan Futbol Ligasi kubogini qoʻlga kiritgan.
Erta hayot va oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Atkinson Liverpoolda tugʻilgan, ammo uning oilasi Shard Endga (oʻsha paytda Warwickshireda, hozirda Birmingemning hududi) koʻchib oʻtgan[5]. Atkinson Lea Village oʻrta maktabida oʻqigan[6]. Atkinson 17 yoshida BSA Tools ishchi jamoasini tark etib, Aston Villa bilan shartnoma imzolagan[7].
Kettering Town va Cambridge United
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, Atkinson 1971-yilda atigi 32 yoshida ligaga kirmaydigan Kettering Townning bosh murabbiyi boʻldi. Uning u yerdagi muvaffaqiyati 1974-yil noyabr oyida Cambridge United bilan ligaga oʻtishga olib keldi. Atkinson 1977-yilda toʻrtinchi divizionda gʻolib chiqdi. Atkison ularni Ikkinchi divizionga chiqish arafasida tark etdi.
Manchester United
[tahrir | manbasini tahrirlash]Atkinson "Manchester United" da oʻzidan oldingi murabbiydan koʻra, jamoani yuqori darajaga olib chiqadigan odam sifatida koʻrildi.
Atlético Madrid
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Manchester United" dagi faoliyatidan soʻng, Atkinson "Atletiko Madrid" ni boshqarishi kerak edi, biroq "Atletiko" dagi ichki siyosat uning tayinlanishini kechiktirdi va bu orada Atkinson "West Bromwich" ni boshqaridi[8]. 1988-yil oktyabr oyida Atkinson Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Atkinson "Espanyol" ga qarshi oʻyinda 6:1 hisobida gʻalaba qozondi[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The PFA Premier & Football League Players' Records 1946–2005. Queen Anne Press, 2005 — 32-bet. ISBN 9781852916657.
- ↑ McGavin, Harvey. „Ron Atkinson quits ITV after his racist remarks are heard on air“. The Independent (2004-yil 22-aprel). Qaraldi: 2010-yil 22-may.
- ↑ Bishop. „ATKINSON AT 75: BEHIND-THE-SCENES AT VILLA WITH BIG RON“. Aston Villa F.C. (2014-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
- ↑ „Ex-U's boss: 'I can't believe my pal Ron has gone in the Celebrity Big Brother house'“. Oxford Mail (2013-yil 24-avgust).
- ↑ Young. „Ron Atkinson at 75: 'I would have done it all for nothing“. BirminghamLive (2014-yil 16-mart). Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
- ↑ „Ron Atkinson at 75: 'I would have done it all for nothing“. Birmingham Mail (2014-yil 16-mart).
- ↑ The PFA Premier & Football League Players' Records 1946–1998 Hugman: . Queen Anne Press, 1998 — 31-bet. ISBN 978-1-85291-585-8.
- ↑ „Big Ron, the Calderón and a call from Jesus“. The Versed (2017-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.
- ↑ „Big Ron and His Doomed Spell at Atlético Madrid“. Pickles (2021-yil 24-may). 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.
