Romshteks
Romshteks (inglizcha: rump steak[1]) — yengil toʻqmoqlangan lahm goʻsht, odatda mol goʻshti[2], orqa qismidan kesiladi, koʻpchitilgan yangi tuxum, suv va tuz aralashmasi bilan namlanadi, soʻng talqonga bulanadi.
Romshteks porsiyali yarim tayyor mahsulot shaklida talqonga bulangani ham, talqonsizi ham ishlab chiqarilishi mumkin[2].
Tayyorlash texnologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mol goʻshti boʻlagi — orqa yoki son qismining eng uzun mushaklari — parda va paylardan tozalanadi. U goʻsht tolasi boʻylab qalinligi 1,5-2 sm, har birining ogʻirligi 70 yoki 100 g boʻlgan parchalarga ajratiladi. Bu parchalar toʻqmoqlanadi, tuzlanadi, qalampirlanadi, soʻngra lezonda (ozroq suv yoki sut bilan tuxum aralashmasi) namlanadi va talqonga belanadi.
Goʻsht sabzavot yoki sariyogʻ bilan qizdirilgan tovada 170 °C haroratda ikki tomonida qobiq hosil boʻlguncha qovuriladi, soʻngra pechda yoki konveksiya pechida tayyor holga keltiriladi. Tayyor boʻlgani sanchqi bilan aniqlanadi — u goʻshtga erkin sanchilishi va shunda shaffof shira sizib chiqishi kerak.
Romshteks isitilgan yassi tarelkada eritilgan sariyogʻ bilan tortiladi. Bezatish uchun boʻtqa, qaynatilgan loviya, qovurilgan baqlajon yoki kartoshka, yangi yoki konservalangan sabzavotlar ishlatiladi.
Romshteks madaniy asarlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Romshteks rus va sovet mualliflarining asarlarida ham restoran, ham uyda ovqat pishirish manzarasida tilga olinadi. Masalan, M. N. Gerchikning romanida „qoyilmaqom romshteks“ „meʼdaga tekkan makaron“ga qarama-qarshi qoʻyiladi[3]. V. N. Petrovning „Dunyo koʻrinadigan nuqta“ romanida serjant likopchasidagi romshteks askar likopchasidagi kotletlardan farqlanadi[4]. Vladimir Kolichevning postsovet kriminal romanida romshteks „ sovet restorani standarti“ deb tilga olinadi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bolshoy tolkoviy slovar
- ↑ 2,0 2,1 Semenchenko S. V., Baranikov A. I., Kolosov Yu. A., Zasemchuk I. V., Degtyar A. S. Texnologiya pervichnoy pererabotki produktov jivotnovodstva. Uchebnik. — Персиановский. Донской государственный аграрный университет, 2010 — S. 36—39.
- ↑ Mixail Gerchik. Otdayosh navsegda. — Minsk : Mastats. lit., 1992. — S.168
- ↑ Владимир Николаевич Петров. Точка, с которой виден мир. — Воениздат, 1970. — С. 181. — «Кушайте, товарищ сержант. Натуральное блюдо из первосортного филе. Так сказать, ромштекс. Это действительно был ромштекс. И, кажется, недурно, со знанием дела приготовленный. А в тарелках солдат лежали котлеты.»
- ↑ Владимир Колычев. Твоё место на зоне. — Эксмо, 2006. — «Разнообразием ассортимента ресторан похвастаться не мог. Совковый стандарт — котлета по-киевски, шницель по-министерски, лангет, ромштекс…»
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Ромштекс“, Краткая энциклопедия домашнего хозяйства — 531-bet.
- Romshteks // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (glavniy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1959. — T. VII. — Stb. 801
- Ratushniy A. S. Romshteks // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 319. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9.
- Усов В. В. „Ромштекс“, . Основы кулинарного мастерства: искусство приготовления закусок и основных блюд, Кулинарное искусство. От профессионалов. М.: Эксмо, 2017 — 355-bet. ISBN 978-5-699-80934-9.
- С. Грознов, Ф. Никашин „Ромштекс“, . Мясные блюда, 150 000 экз, Библиотека повара, М.: Госторгиздат, 1960 — 52-bet.
- Erhard Gorys. Rumpsteak // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 454. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.