Rolgang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rolgang (nem. Rolle — gula va Gang — yoʻl) — yuklarni kichik masofaga tashish uchun moʻljallangan qurilma (rolikli konveyer). Yuritmali va yuritmasiz xillari bor. Yuritmali R.da roliklar guruhli yoki xususiy yuritma (harakatlantirgich)ga ega boʻladi. Yuritmasiz R.da tashiladigan yuklar (donali, qutiga joylangan yuklar) ramaga birbiriga yaqin qilib oʻrnatilgan roliklar ustiga qoʻyiladi. Yukni qoʻlda itarganda roliklar dumalab, yukni suradi. Yukni maxsus itargichlar yordamida itarish (gorizontal R.), oʻz ogʻirligi taʼsirida siljitish (kiya R.) ham mumkin. Shunda ham roliklar dumalab yukni suradi. R. Sanoat korxonalarida, omborlarda ishlatiladi. U k,, x., transport mashinalari va boshqalarning bir qismi boʻlishi ham mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil