Rokirovka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rokirovka [frans, roguer, asli forscha rox (shaxmatdagi rux) soʻzidan] — shaxmat oʻyinida shoh va ruxni bir vaqtda dastlabki joyidan qoʻzgʻatib (oʻrnini oʻzgartirib) qoʻyish (shohni — bir katak tashlab chapga yoki oʻngga, ruxni — shoh surib qoʻyilgan katak ustidan oʻtkazib chap yoki oʻng tomonga). Shohni oʻz tomonidagi rux bilan oʻrnini oʻzgartirib qoʻyish kichik R., farzin tomondagi rux bilan oʻrnini oʻzgartirib qoʻyish katta R. x,isoblanadi. R.ning hozirgi qoidasi 19-asr oʻrtalaridan Yevropada qoʻllanila boshlagan. "R." termini, shuningdek, oʻzgartirishlar, joyjoyni almashtirish (Mas, siyosatdagi R.) maʼnosida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil