Rokfellerlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

RokfellerlarAQSHdagi eng yirik moliya-sanoat guruhlaridan biri. 1870-yilda Jon Rokfeller (1839-1937) "Standart oyl" kompaniyasini tuzib, XIX asr oxirida neft sanoati va savdosini monopoliya qilib olishi asosida yuzaga keldi. XX asrning 20-yillarida AQShdagi yirik monopolistik guruhlar ichida Morganlardan soʻng 2-oʻrinni egalladi. 1970-yil boshiga kelib R. nazoratidagi aktivlar 124,6 mlrd. dollarga yetdi. R.ning hozirgi moliya-sanoati oʻzagini "Ekson" neft monopoliyasi (aktivi 1973-yilda 36,8 mlrd. dollar) va "Cheyz Manxetten bank" tijorat banki tashkil kiladi. R. guruhi koʻpgina moliya-kredit muassasalariga ega. Mashinasozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati tarmoklarining bir qancha korxonalari ularning tasarrufida.

R. boshqa moliyaviy guruhlar bilan birgalikda bir qancha yirik sanoat korporatsiyalari va banklarni nazorat qiladi. R. AQSH ning siyosiy hayotida ham muhim rol oʻynaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil