Rojkut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rojkut — Hindistondagi shahar, Gujarot shtatida. Aholisi 790 ming kishi (2001). Katxiyavar yarim oroldagi transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroport bor. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo-sanoat markazi. Ip gazlama sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, mashinasozlik va elektronika sanoati korxonalari; universitet bor. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil