Rojasthonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rojasthonlar — Hindistondagi xalq. Rojasthon shtatining tub aholisi (19,9 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari). 400 ming kishi Pokistonda yashaydi. Hinderon guruhiga mansub tilda soʻzlashadilar. Dindorlari — asosan, hinduizm (islom va jaynizm diniga ham)ga eʼtiqod qiladilar. R. savdosotiq, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik (matolarni boʻyash, qogʻoz tayyorlash, charm buyumlar i.ch., metallga ishlov berish), zargarlik, kulollik, suyak va tosh oʻymakorligi bilan shugʻullanadi. R.ning oʻziga xos boy maʼnaviy madaniyati, meʼmorligi, rangtasvir sanʼati, xalq badiiy ijodiyoti mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil