Kontent qismiga oʻtish

Roia Zamani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roia Zamani
رویا زمانی
Sport
Mamlakat Afgʻoniston
Qaysi sport Taekvondo

Roia Zamani afgʻonistonlik taekvondochi boʻlib, u 2002-yilda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgani bilan mashhur. Bosh kiyimi ostida roʻmol oʻragan Zamani 72 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Afgʻonistonliklardan yagona medal sohibi Zamani boʻlgan. Qolgan sportchilarning hech biri saralash bosqichidan keyingi bosqichga oʻta olishmagan, shu vaqtga qadar afgʻon sportchilari oʻrta vazn toifasidagi taekvondo boʻyicha birorta ham musobaqada gʻalaba qozonishmagan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yilda Tolibon nazoratni qoʻlga kiritgach, Zamaniyning oilasi Afgʻonistondan qoʻshni Eronga koʻchib oʻtishgan. Zamani oilasi bilan olti yil davomida Eronda qochqin sifatida yashab, u yerda taekvondo bilan shugʻullangan. 2002-yilda Zamani oʻz vataniga qaytib, Kobulda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ish faoliyatini boshlagan[1]. Yaqin Sharqdagi boshqa musulmon sportchilar singari, Zamani musobaqalarda bosh kiyim ostida roʻmol oʻragan holda qatnashgan[2].

2002-yilgi Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻonistonda davom etayotgan urush davrida Tolibon hukumati qulaganidan keyin Afgʻoniston Osiyo oʻyinlariga qaytgan[3]. Afgʻoniston delegatsiyasi qirq nafar erkak va toʻrt nafar ayol sportchidan iborat boʻlishgan. Ushbu toʻrt nafar ayol sportchidan uchtasi taekvondo boʻyicha ishtirok etgan, bu musobaqalarda 10-13-oktyabr kunlari turli Osiyo davlatlaridan jami 70 nafar ayol ishtirok etgan[3][4].

Oʻsha paytda 23 yoshda boʻlgan Zamani 72 kg vazn toifasida qatnashgan(oʻrta vazn toifasi). Ushbu musobaqada faqat besh nafar sportchi ishtirok etib, birinchi raundni chorak final baxslari sifatida boshlangan. Zamani birinchi davra uchrashuvidayoq imkoniyatni boy bergan[5]. Yarim finalda u ogʻir jarohatlar tufayli baxsni erta yakunlashga majbur boʻlgan, bunda u nolu toʻrt hisobida imkoniyatni boy bergan hisoblangan[6]. Baxsda Zamani koreyalik raqibi Choy Jin-Mi bilan baxsda qiyin ahvolga tushib qolgan kuchli zarbalar oʻtkazib yuborgan va chap qoshi yirtilgan[7]. Ammo Zamanining yarim finaldagi chiqishi unga filippinlik Salli Solis bilan birga bronza medalini kafolatlagan[8]. Zamani oʻzining Oʻyinlardagi ishtirokini afgʻon ayollari uchun „birinchi qadam“ deb hisoblagan[7]. Qolgan sportchilarning hech biri saralash bosqichidan oʻta olishmagan shuning uchun boshqa medallar qoʻlga kiritilmagan[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sharma, Kalpana. „A tale of three women“. The Hindu (2002-yil 20-oktyabr). 2004-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-yanvar.
  2. „Women lift veil on Asian sports mystery“. Hürriyet. AFP (2006-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 8-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „The Koreas united, for a day – Plus Afghanistan's sporting comeback“. The Economist (2002-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-yanvar.
  4. „Taekwondo in multi-sport game – 14th Asian Games Taekwondo“. wtf.org. World Taekwondo Federation. Qaraldi: 2012-yil 7-yanvar.
  5. „Start Lists – Women's Middle weight −72 kg 1 Round“. busanasiangames.org. Busan Asian Games Organizing Committee (2002-yil 12-oktyabr). 2002-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-yanvar.
  6. „Game Result – Women's Middle weight −72 kg Semi Final“. busanasiangames.org. Busan Asian Games Organizing Committee (2002-yil 12-oktyabr). 2003-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-yanvar.
  7. 7,0 7,1 „Afghanistan wins first medal“. The Tribune. Agence France-Presse (2012-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 8-yanvar.
  8. „Final Result – Women's Middle weight −72 kg“. busanasiangames.org. Busan Asian Games Organizing Committee (2002-yil 12-oktyabr). 2003-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-yanvar.
  9. „Medal Standing – Afghanistan“. busanasiangames.org. Busan Asian Games Organizing Committee. 2003-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-yanvar.