Rododendron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rododendron (Rhododendron) — erikadoshlar oilasiga mansub buta yoki kichikroq daraxtlar turkumi. Yer yuzida 600 turi maʼlum. Asosan, Sharqiy Osiyo va Shim. Amerikaning togʻlarida uchraydi. Oʻzbekistonda oʻsmaydi. R. tilla rang va sariq boʻladi. Bargi qalin, yaltiroq, teskari tuxumsimon, qisqa bandli, ketmaket joylashgan. Guli sariq yoki binafsha rangpushti, toʻpguli soyabonsimon. Mevasi 5 uyali koʻsak, bargi tarkibida arbuTilla rang rodotin va q glikodendron zidlar, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Bargining damlamasi xalq tabobatida bod, yurak kasalliklarida hamda siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. R.ning manzarali turlari bogʻ va xiyobonlarda oʻstiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil