Rodney Wallace

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rodney Wallace Burns (inglizcha: Rodney Wallace Burns) — Kosta-Rikalik futbolchi hisoblanadi. Kosta-Rika terma jamoasida ham faoliyat yuritgan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisidir.

Rodney Wallace Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Rodney Wallace Burns
Tugʻilgan 17-iyun 1988-yil(1988-06-17) (34 yosh)
San-Xose, Kosta-Rika
Fuqaroligi Flag Kosta-Riki Kosta-Rika
Boʻyi 178 cm
Vazni 73 kg
Pozitsiyasi Yarim himoyachi
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Dastlabki yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wallace oilasi Rodneyning toʻqqiz yoshida AQShga koʻchib oʻtgan. 2007-yilda u Kollej Parkdagi Merilend universitetiga oʻqishga kirgan va universitetning futbol jamoasida oʻynay boshlagan[1].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wallace „Portlend Timbers“ bilan

2009-yil 15-yanvarda Wallace MLS „Super Draft“da „DC United“ tomonidan oltinchi o‘rinni egallagan[2]. U 22-mart kuni „Los Angeles Galaxy“ga qarshi ligada debyut qilgan[3][4]. 26-aprel kuni Wallaceni oʻzining jamoadagi birinchi golini „New York Red Bulls“ darvozasiga kiritgan. Oʻsha yili u klubga Lamar Hunt kubogi finaliga chiqishga yordam bergan.

2016-yil boshida Wallace Portugaliyaning „Arouca“ jamoasiga oʻtgan[5].

2021-yil 13-avgustda Wallace klub futbolchisi sifatida futbolchilik faoliyatini yakunlash uchun „Portlend Timbers“ bilan bir kunlik shartnoma imzoladi[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 3-sentabrda Wallace Kosta-Rika terma jamoasida AQShga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[7][8]. Oʻsha uchrashuvda u terma jamoadagi ilk golini urdi.

2013-yilda Wallaceni terma jamoa tarkibida KONKAKAF Oltin Kubogiga yoʻl oldi. Turnirda u Kuba va AQSh terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[9][10]. Oʻsha yili u Markaziy Amerika kubogini ham qoʻlga kiritdi[11].

2017-yilda Wallace KONKAKAF oltin kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Kanada, Fransiya Gvianasi va Panama bilan oʻyinlarda maydonga tushdi[12][13]. Gvianiyaliklarga qarshi kechgan bahsda gol urdi[14].

Kosta-Rika safidagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2011-yil 3-sentabr Stubhub markazi, Karson, AQSh AQSh 0: 1 0: 1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2011-yil 22- dekabr „Metropolitano“, Barquisimeto, Venesuela Venesuela 1 :0 2 :0
3. 2013-yil 25- yanvar Milliy stadion, San-Xose, Kosta-Rika Salvador 1 :0 1 :0 Markaziy Amerika kubogi 2013
4. 2017-yil 14-iyul Toyota stadioni, Dallas, AQSh Fransiya 2 :0 3 :0 2017 KONKAKAF Oltin Kubogi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSH bayrogʻi „Portlend Timbers“

  • 2015-yil MLS kubogi gʻolibi

Xalqaro yutuqlari

Kosta-Rika


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Rodney Wallace - Men's Soccer“ (en). University of Maryland Athletics. 2021-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
  2. „2009 MLS SuperDraft“ (en). MLSsoccer.com (2009-yil 15-yanvar). 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
  3. „Лос-Анджелес Гэлакси VS. Ди Си Юнайтед 2:2“ (en). soccerway.com (2009-yil 22-mart). 2017-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  4. „Нью-Йорк Ред Буллз VS. Ди Си Юнайтед 2:3“ (en). soccerway.com (2009-yil 26-aprel). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  5. „Futebol Clube Arouca“. 2016-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  6. „Portland Timbers great Rodney Wallace to retire a Timber, signed to a one-day contract“ (en). Portland Timbers (2021-yil 13-avgust). 2021-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
  7. Rodney Wallace // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  8. Rodney Wallace // FBref.com (mn.)
  9. „Коста-Рика VS. Куба 3:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 10-iyul). 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  10. „США VS. Коста-Рика 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 17-iyul). 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  11. https://www.uslchampionship.com/rodney-wallace
  12. „Коста-Рика VS. Французская Гвиана 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 15-iyul). 2017-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyul.
  13. „Коста-Рика VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyul.
  14. „Коста-Рика VS. Канада 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 12-iyul). 2017-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyul.