Robia al-Adaviya
Robiʼa ul-Adaviya | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Dini | Islom |
| Era | Islom oltin davri (Damashq va Bagʻdod xalifaligi) |
| Asosiy qiziqish(lar)i | Tasavvuf, zohidlik |
| Mashhur fikr(lar)i | Ilohiy ishq |
Robiya al-Adabiya (arabcha: رابعة العدوية القيسية البصرية); Robiʼa ul-Adaviya deb ham yoziladi; 713/714 — 801) — zohidlikning ilk vakilasi. Qashshoq arab oilasida tugʻilib, choʻri qilib sotilgan. Keyinchalik xudojoʻyligi va zohidlarga xos turmush tarziga ixlos bilan rioya etgani sababli ozodlikka chiqarilgan. Bir necha yil sahroda yolgʻizlikda kun kechirgan, keyin Basrada yashagan. Robiya al-Adabiya Allohni sevishdan boshqa jamiki narsalarni rad etish tarafdori boʻlgan. Allohdan hech bir ta'ma — manfaat koʻzlamay, uni mutlaq sevish — inson maʼnaviy hayotining mohiyati ekanini zohidlardan birinchi boʻlib taʼkidlagan. Uning gʻoyalari keyingi avlod so'fiylari orasida keng tarqalib, Bistomiy, Xalloj, Ibn Farid, Ibn Arabiy va boshqa so'fiylar taʼlimotining asosini tashkil etgan. Robiya al-Adabiya taqvodorlik, Allohni sevish namunasi deb bilinib, avliyo sifatida ulugʻlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Robia al-Adaviyaga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |